Poyda Hamkor bo'lish

Andijon · biznes tarmog'i

Sizning mijozingiz — hamkoringizning mijozi.
Va aksincha.

Poyda — oshxona, supermarket, avtomoyka, barbershop va do'konlar bir-biriga mijoz yuboradigan tarmoq. Sizda xarid qilgan odam o'zi tanlagan hamkorda foizlik chegirma oladi. Hamkorda xarid qilgan odam — sizda.

Kassirning telefoni orqali boshlang. iiko uchun chek QR va chegirma plagini mavjud; uni terminalga o'rnatish talab qilinadi.

10%
🍔
Appetit
Palovjon xaridi uchun tanlangan chegirma
15% chegirma
qoldi
23:59:59

Xariddan tanlovgacha — uch qadam.

Mijoz uchun — Telegram'dagi bitta tugma. Kassir uchun — bitta skan.

  1. 1-qadam

    Chekdagi QR

    Mijoz to'langan chekdagi maxsus QR kodini skanerlaydi va Telegram'da @poydauzbot orqali Poydaga kiradi. Bitta chekdan bitta tanlov olinadi.

  2. 2-qadam

    Mijoz hamkorni tanlaydi

    Mijoz 24 soat ichida hamkor va foydalanish kunini tanlaydi. Foiz, minimal chek va maksimal chegirma tanlashdan oldin ko'rinadi. Kunlik kvotadan joy band qilinadi.

  3. 3-qadam

    Hamkorda foizlik chegirma

    Mijoz tanlangan kuni hamkorga borib, shaxsiy QR kodini ko'rsatadi. Masalan, keyingi xaridga 15% chegirma — ko'pi bilan 100 000 so'm. Pul balansi yig'ilmaydi.

Reklama sotib olmaysiz.
Mijoz almashasiz.

0

so'm reklama xarajati

Targetolog, bloger, banner yo'q. Mijoz sizga hamkorning kassasidan — allaqachon pul sarflagan, ishonchli odam sifatida keladi.

×N

tarmoq effekti

Har yangi hamkor — barcha a'zolar uchun yangi mijoz manbai. Oshxona avtomoykaga, avtomoyka barbershopga, barbershop do'konga yuboradi.

72h

Mijoz tanlaydigan chegirma

Hamkor chegirma foizi, maksimal summasi, kunlik mijozlar soni va 7 kungacha muddatni sozlaydi. Mijoz o'ziga kerakli taklifni tanlaydi.

Bir-birining mijozi bo'la oladigan bizneslar

Bir odam kuniga ovqatlanadi, mashinasini yuvadi, soch oldiradi, xarid qiladi. Poyda shu yo'lni bir tarmoqqa bog'laydi.

Kassa bilan ulanish: iiko R-Keeper Kassir telefoni — sizda nima bo'lsa, shu.

Hamkor bo'lish

Ariza qoldiring — 1 ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz, tarmoqdagi hamkorlarni ko'rsatamiz va chegirma shartlarini birga belgilaymiz.

  • ✓ Ulanish bepul, jihoz talab qilinmaydi
  • ✓ Chegirma foizi, limiti va muddatini o'zingiz belgilaysiz
  • ✓ Kimdan qancha mijoz kelganini ko'rasiz

Yuborish orqali siz biz bilan telefon orqali bog'lanishga rozilik bildirasiz.